• Главная
  • О нас
  • Услуги
  • Кейсы
  • Блог
  • Контакты
Mayak Group
ГлавнаяО насУслугиКейсыБлогКонтакты
Главная
О нас
Услуги
Кейсы
Блог
Контакты
+998 90 888 5 222

Korrupsiyaga qarshi shart

RUUZEN
  1. 01

    Ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishda Tomonlar, ularning affillangan shaxslari, xodimlari yoki vositachilari bevosita yoki bilvosita pora berish/olish, tijorat poraxo‘rligi, mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish deb baholanadigan harakatlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xalqaro huquq normalari va O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga (yuvishga) qarshi kurashish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalari talablarini buzadigan harakatlarni hamda boshqa korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni – Shartnoma tomonlari o‘rtasidagi munosabatlarda ham, uchinchi shaxslar va davlat organlari bilan munosabatlarda ham – amalga oshirmaslik majburiyatini oladilar. Tomonlar, shuningdek, ushbu talabni o‘zlarining affillangan (o‘zaro bog‘liq) shaxslari, xodimlari, vakolatli vakillari va vositachilariga yetkazish majburiyatini oladilar.

  2. 02

    Shartnomaning har bir tomoni, ularning affillangan (o‘zaro bog‘liq) shaxslari, xodimlari va vositachilari boshqa tomonning xodimlari yoki vakolatli vakillarini har qanday usulda, shu jumladan pul mablag‘lari, sovg‘alar berish, ularga tekin xizmatlar ko‘rsatish yoki ishlarni bajarib berish yo‘li bilan, ushbu xodim yoki vakolatli vakil tomonidan uni rag‘batlantirayotgan tomon foydasiga biror-bir harakatlar amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan holda rag‘batlantirishdan voz kechadilar.

  3. 03

    Xodimning uni rag‘batlantirayotgan tomon foydasiga amalga oshiradigan harakatlari deganda, jumladan, quyidagilar tushuniladi:

    1. boshqa kontragentlarga nisbatan asossiz imtiyozlar berish;
    2. har qanday kafolatlar berish;
    3. mavjud tartib-taomillarni tezlashtirish;
    4. xodim tomonidan o‘z mansab majburiyatlari doirasida bajariladigan, biroq tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarning shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga mos kelmaydigan boshqa harakatlar.
  4. 04

    Agar Tomonda boshqa Tomon, uning affillangan (o‘zaro bog‘liq) shaxslari, xodimlari, vakolatli vakillari yoki vositachilari tomonidan ushbu moddada nazarda tutilgan har qanday majburiyatlar buzilgan yoki buzilishi mumkin deb hisoblash uchun asoslar paydo bo‘lsa, Tomon bu haqda boshqa Tomonni zudlik bilan yozma shaklda va Shartnomada ko‘rsatilgan elektron pochta manzili orqali xabardor qilish majburiyatini oladi. Yozma xabarnomada Tomon bunday buzilish sodir bo‘lganini yoki sodir bo‘lishi mumkinligini ishonchli tasdiqlaydigan yoki taxmin qilishga asos beradigan faktlarga havola qilishi yoki materiallarni taqdim etishi shart.

2026

+998 90 888 5 222hello@mayak.uz

Узбекистан, г. Ташкент,ул. Катта-Хирмонтепа, 57

Политика конфиденциальностиСогласие на обработку персональных данныхАнтикоррупционная оговорка